AsosiyJamiyat

Navoiyda birinchi namunali to`y o`tkazish bo`yicha Prezident taklifi amalga oshdi

'Navoiyda birinchi namunali to`y o`tkazish bo`yicha Prezident taklifi amalga oshdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari joriy yil 2 martda Navoiy viloyati faollari bilan uchrashuvda to`y va marosimlardagi turli dabdababozlik hamda isrofgarchilik qattiq tanqid qilgan edi. Uchrashuvda ixcham va kamxarj namunali to`ylar tashkil etish an`anasini Navoiy viloyati boshlab berish taklifi ko`pchilikka ma`qul tushdi.

Jumladan, viloyatning Qiziltepa tumanida tadbirkor Nuriddin Habibov farzandi Amriddin Razzoqovning nikoh to`yini 120 kishidan iborat qarindosh-urug` va do`st-yorlar davrasida o`tkazdi. Kamxarj va ixcham marosimning afzalligi ko`p ekanligini to`y egasi amaliy ishlarida namoyon etdi.

Xususan, Navro`z bayrami oldidan tumandagi maxsus maktab-internatning o`g`il-qizlariga sayl tashkil etib, zarur-o`quv qurollari olib berdi.

O`zA xabariga ko`ra, O`zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari kelin-kuyovga Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga sayohat qilish uchun sertifikat hamda kitoblar jamlamasini sovg`a qildi.

Navbatdagi namunali to`y Karmana tumanida bo`lib o`tishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar