Toshkent shahar tumanlarining markaziy maydonlarida “Navro`z” umumxalq bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagi manzillarda joriy yilning 21 mart kuni bayram tadbirlari soat 10:00da boshlanib 18:00ga qadar davom etadi.
Shahar asosiy sahnasi: “O`zekspomarkaz” hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;
Bektemir tumanida: “Quyoshcha nuri” bog`i hududida tashkil etiladi.
Mirobod tumanida: “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida hamda “Temiryo`lchilar” madaniyat saroyida tashkil etiladi.
Mirzo Ulug`bek tumanida: “Lokomotiv” nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida hamda “Bobur” nomidagi eko bog`da tashkil etiladi.
Sergeli tumanida: “Yoshlar” bog`ida hamda “Grin Park” nomidagi madaniyat va istirohat bog`i (sobiq “Sohil” bog`i)da tashkil etiladi.
Uchtepa tumanida: “Eko” bog`ida va “Bog`i shamol” nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida tashkil etiladi.
Olmazor tumanida: “Abdulla Qodiriy” nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida hamda Talabalar shaharchasida bayram keng nishonlanadi.
Chilonzor tumanida: “G`ofur G`ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida va “Akva” bog`ida tashkil etiladi.
Shayxontohur tumanida: “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog`ida hamda “Navro`z” madaniyat va istirohat bog`ida, “Ibn Sino” madaniyat va istirohat bog`ida keng nishonlanadi.
Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog`i oldidagi maydonda tashkil etiladi.
Yakkasaroy tumanida: “Do`stlik” nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida tashkil etiladi.
Yashnobod tumanida: “Ashxobod” sayilgohida hamda “Do`stlik” bog`ida tashkil etiladi.






