AsosiyJamiyat

Samarqandda “Ezgulik kutubxonasi” tashkil etildi (foto)

'Samarqandda “Ezgulik kutubxonasi” tashkil etildi (foto)'ning rasmi

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog`i oldida “Ezgulik kutubxonasi” tashkil etildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Mazkur loyiha mualliflari – Hayrulla Mamasoliev, Oybek Ostonov, Dilshod Alimov shaharda bu kabi kutubxonalar sonini 35 taga etkazishni maqsad qilgan.

– Mamlakatimizda aholi o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi loyiha mualliflaridan biri Oybek Ostonov. – Ushbu maqsadni o`zida mujassam etgan mazkur loyiha kelgusida bosqichma-bosqich takomillashtirilib boriladi. Joriy yil yakuniga qadar oliy o`quv yurtlari, bozorlar, avtoshohbekatlar, vokzal va aeroport hududlarida, bog`lar va mahallalar markazlari, aholi gavjum joylarda ana shunday kutubxonalar tashkil etishni rejalashtirganmiz. Ularni zarur adabiyotlar bilan ta`minlashga homiylar tashabbus bildirmoqda.

Kutubxona “Bitta kitob olsang, bitta kitob qo`y!” shiori ostida ommaning barcha qatlami uchun xizmat ko`rsatadi.

1.JPG

3.JPG

4.JPG

5.JPG

6.JPG

10 (1).JPG

    Boshqa yangiliklar