O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, barcha umumta`lim maktabi o`quvchilarining uchinchi chorak yakunidagi ta`til kunlarini mazmunli o`tkazishga oid reja tuzildi. Unga ko`ra, yurtimizning madaniy merosi, tarixiy obidalari, ziyoratgohlari, muqaddas qadamjolari, noyob tabiati, zamonaviy inshootlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ichki turizm tadbirlari tashkil etiladi. Unda o`quvchilar bilan birga, ota-onalar ham ishtirok etadi.
18-22 mart kunlarida 2 ming 200 oila (4 ming 400 nafar ota-ona va 6 ming 600 nafar farzandlar) turistik sayohatlarda qatnashadi. Shuningdek, 18-26 mart kunlari umumta`lim muassasalarida tashkil etiladigan bir ming saksonta guruhda 2 mingdan ziyod o`qituvchi 16 ming 200 o`quvchini yurtimizning diqqatga sazovor joylari bo`ylab sayohatga olib chiqadi, deb yozadi O`zA.
Poytaxtimizdagi Mehribonlik uylarining 50 nafar tarbiyalanuvchisini ziyoratgoh va muqaddas qadamjolar bilan tanishtirish maqsadida “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda Samarqand shahriga sayohati uyushtiriladi.
19.03.2018 04:52
O`quvchilar ta`til davomida yurtimiz bo`ylab sayohat qilishadi






