AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo`ldi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Ishtixon tumani Xina qishlog`ida yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuoti xizmati xabar berdi.

Etmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko`rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo``jazgina issiqxona tashkil etilgan.

Bir gapni har doim aytaman: hech kim chetdan kelib bizga bir narsa qilib bermaydi, dedi Shavkat Mirziyoev. Boqimandalik, befarqlik eng yomon illatlar. Dunyoda harakatsiz boy bo`lgan davlat ham, xonadon ham yo`q-ku! Biz ham farovonlikka faqat o`z mehnatimiz, o`z harakatimiz bilan erishishimiz mumkin.

Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix eri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo`ladi. Biz odamlarni ish bilan ta`minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o`ylayapmiz. Tomorqa – tayyor ishchi joy, tayyor daromad, deya ta`kidladi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoev tomorqachilik bo`yicha Samarqand tajribasi qilish, aholiga ko`chat va urug` tarqatish, o`simliklarni kimyoviy vositalar bilan ta`minlash bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar