AsosiyJamiyat

O`tgan haftada 3 mlrd so`mlik "chiroyli" avtoraqamlar sotildi

'O`tgan haftada 3 mlrd so`mlik "chiroyli" avtoraqamlar sotildi'ning rasmi

26 fevraldan 4 martgacha bo`lgan davr mobaynida onlayn auksionlar orqali 119 ta avtomobil raqam belgilari sotilgan. Bu avvalgi haftaga nisbatan ikki marotabaga ko`p, deb xabar qiladi Respublika tovar-xom ashyo birjasi rasmiy sayti.

Shundan 104 tasi jismoniy shaxslarga, 15 tasi yuridik shaxslarga sotilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 mlrd so`mni tashkil qilib, avvalgi hafta ko`rsatkichiga nisbatan uch baravar ortgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 80 foizi oliy toifadagi avtoraqamlarga, 13,4 foizi 2 toifa hamda 6,8 foizi 3-toifa avtoraqamlarga to`g`ri keladi.

Xaridorlar tarkibida etakchilikni Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati avtohavaskorlari, keyingi o`rinlarni Farg`ona viloyati va Samarqand viloyati xaridorlari egalladi.

    Boshqa yangiliklar