AsosiyJamiyat

“Asaka” banki boshqaruvi raisi ogohlantirildi

'“Asaka” banki boshqaruvi raisi ogohlantirildi'ning rasmi

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlariga qaramay “Asaka” banki faoliyatidan aholi qoniqayotgani yo`q. Bunday munosabat tahlillar jarayonida yanada oydinlashmoqda.

Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish natijalari bo`yicha o`tkazilgan majlisda ma`lum qilinishicha, 2017 yilda “Asaka” aksiyadorlik tijorati bankida sayyor qabullari jadvali tasdiqlangan bo`lsa-da, lekin ularni joylarda belgilangan muddatlarda o`tkazish amalga oshirilmagan. Mazkur bankda murojaatlarni ko`rib chiqishning natijadorligini oshirish yuzasidan tizimli choralar ko`rilmayotgani oqibatida shikoyat va arizalar ortishi kuzatilgan. Natijada “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankida murojaatlar 1,5 dan 3 barobarga ko`paygan.

Ayrim rahbarlar tomonidan fuqarolarni shaxsiy va sayyor qabul qilishda mas`uliyatsizlikka va sovuqqonlikka yo`l qo`yilgan, qabul bo`yicha bayonnomalar to`ldirilmagan, ularning natijadorligi pastligicha qolmoqda. Ko`pincha shaxsiy va sayyor qabullar umuman amalga oshirilmagan yoki nomiga, rasmiyatchilik uchun o`tkazilgan. Bu o`z navbatida aholining noroziligiga sabab bo`layotir, deb yozadi O`zA.

Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda “Asaka” banki boshqaruvi raisi Q.Mullajonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini to`liq va ob`ektiv ko`rib chiqishni har doim ham ta`minlamagani, sayyor qabullar o`tkazish masalasiga mas`uliyatsizlik bilan qaragani va murojaatlarni ko`rib chiqishda belgilangan muddatlarning buzilishiga yo`l qo`ygani uchun ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar