O`zbekistonlik pianinochi qiz Jasmin Abdunazarova Qozog`istonning Pavlodar shahrida S. Raxmaninov tavalludining 145 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan xalqaro tanlovda mutlaq g`olib bo`lib, Gran-pri sohibiga aylandi, deya xabar qildi "Xalq so`zi" nashri.
“Musiqa yurakdan chiqishi kerak” shiori ostida tashkil etilgan tanlovda mezbonlardan tashqari, O`zbekiston, Qirg`iziston, Gruziya va Rossiyadan 70 nafardan ziyod iqtidor egalari ishtirok etdi.
O`zbekistonlik yana bir sozanda Shohjahon Isroilov esa hakamlar xay`ati tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlandi.
Sovrindorlar qatoridan, shuningdek, qozog`istonlik Darina Murat, Bekzat Rakimov, Sanjarali Kopbaev joy oldi.






