Farhod Zafarovich Ro`ziev «O`zbektelekom»ning bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilindi.
Ro`ziev ushbu lavozimda Shuhrat Qodirovning o`rnini egalladi.
Farxod Zafarovich Ro`ziev (1979 y.t.) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Sarkor Telecom internet-provayderi, Winncom Technologies’ning Ukraina hamda Markaziy Osiyodagi vakolatxonasida ishlagan. «O`zbektelekom»dagi faoliyatini 2011 yilda boshlagan.






