AsosiyDunyo

Hindistonda kelin-kuyov uchun atalgan to`y sovg`asi ochilganda portlash yuz berdi

'Hindistonda kelin-kuyov uchun atalgan to`y sovg`asi ochilganda portlash yuz berdi'ning rasmi

Hindistonda kelin-kuyov uchun atalgan to`y sovg`asiga noma`lum shaxs tomonidan qo`yilgan bomba oqibatida portlash yuz berdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea Hindistonning Odisha shtatida, to`ydan bir necha kun o`tgach, ro`y berdi. Yangi kelin-kuyov to`y sovg`alarini ochib ko`rishayotganda, ulardan biri portlab ketdi. Kuyovning buvisi voqea joyida halok bo`ldi.

Kelin-kuyov esa kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlarning sa`yi-harakatlariga qaramay, kuyov jonlantirish bo`limida olamdan o`tdi.

Polisiyachilar sovg`a orasiga bomba yashirgan noma`lum shaxsni qidirishmoqda.


    Boshqa yangiliklar