O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq shu kunlarda yigitlik burchini sharaf bilan o`tagan askarlarni uylariga tantanali kuzatish tadbirlari o`tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Toshkent harbiy okrugining Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda ham bo`lib o`tdi.
Ushbu tadbirda Toshkent harbiy okrugi Qo`mondoni general-mayor B.N.Qurbonov, Chirchiq shahar hokimining o`rinbosari J.Sh.Matkarimov, Chirchiq shahar Nuroniy jamg`armasi raisi G`.I.Tuaev, Chirchiq shahar Yoshlar ittifoqi kengashi raisi R.J.Saylievlar hamda keng jamoatchilik vakillari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar.
Askarlarga muddatli harbiy xizmatni namunali va munosib o`tab, Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishga, Qurolli Kuchlarimiz jangovar qudratini oshirishga qo`shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirildi.
Tadbir davomida bir guruh askarlarga yurtimizdagi oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirishda imtiyoz beradigan harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasi va Fahriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.







