AsosiyJamiyat

May oyida Toshkent shahridagi eng uzun shohko`chada yana bitta yo`l o`tkazgich ochiladi

'May oyida Toshkent shahridagi eng uzun shohko`chada yana bitta yo`l o`tkazgich ochiladi'ning rasmi

Hukumat farmoyishi bilan poytaxtimizning Bunyodkor va Cho`ponota ko`chalari kesishmasida umumiy uzunligi 667,5 metr bo`lgan zamonaviy yo`l o`tkazgichni qurish ishlari boshlab yuborilgan edi. Qisqa fursatda tajribali ko`priksozlar ushbu inshootda keng ko`lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Bu haqda juma kuni "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar tarqatdi.

Ma`lumki, Bunyodkor shohko`chasi Toshkent shahrining eng uzun, janubiy va shimoliy qismlarini bog`laydi. Mazkur yo`nalishda doim avtomobillar qatnovi tirband. Magistralda jami 9 ta yo`l o`tkazgich mavjud bo`lib, may oyida ularning soni yana bittaga ko`payadi.

“Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan rejaga ko`ra, bunyod etilayotgan inshoot 6 ta yo`lakdan iborat. Zamonaviy yo`l o`tkazgich estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo`lib, balandligi 8, kengligi esa 24,5 metrni tashkil etadi.

238222452_284319.jpg

Yirik inshoot jami 23 ta ustun oralig`ida barpo etiladi. Umumiy uzunligi 124 metr bo`lgan ikkita piyodalar o`tish ko`prigi quriladi. Yangi bunyod etilayotgan yo`l o`tkazgichning yoritish tizimi ham jahon andozalariga mos ravishda barpo etiladi.

Hozirgi kunda 10 ta tayanch ustunining poydevor ishlari tugatildi. Ayni paytda ustki karkas o`rnatish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar bu erda 2 625 kub metr tuproq, 12 070 kub metr beton ishlari bajarildi. Bunyodkorlik jarayoniga 30 dan ortiq texnika, 250 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi jalb etilgan.

Joriy yilda “Ko`prikqurilish” tresti unitar korxonasi tomonidan 7 ta ko`prik va yo`l o`tkazgich qurish rejalashtirilgan. Dastlabki bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar