Raqamli texnologiyalar va kriptosanoat uyushmasi – DIGITAL NETWORK prezidenti Oljas Murtazinning ma`lum qilishicha, 2018 yilda uyushma Qozog`istondagi dastlabki kriptobirja hamda birinchi qonuniy kripto ayirboshlash punkti ochilishida ishtirok etadi. Bu haqda juma kuni Kazinform xabar tarqatdi.
Uning qayd etishicha, uyushma Qozog`istonning milliy kompaniyalari, yirik va kichik biznes vakillari bilan blokcheyn texnologiyalarini amalga tatbiq etish yo`nalishida hamkorlik qilish istagida.
“Shu bilan birga kriptobirja va kripto ayirboshlash masalalari bo`yicha Milliy bank raisi Daniyar Akishev bilan uchrashuv o`tkazish rejalashtirilmoqda. Bu yo`nalishda biz harakatlar rejasini ishlab chiqdik”, degan Murtazin.






