AsosiyDunyo

Ot egasini itning hujumidan qutqardi

'Ot egasini itning hujumidan  qutqardi'ning rasmi

Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Linton shahrida ot egasini itning hujumidan qutqardi, deb yozdi lenta.ru nashri.

Ot ustida ketayotgan ayolga ulkan daydi it hujum qilib, uning oyog`idan tishlab- tortgancha, erga yiqitdi. Egasining nochor ahvolda qolganini ko`rgan ot unga yordamga shoshildi. U nafaqat egasini qutqardi, balki itni ancha joygacha quvib bordi.

Egasini tanasi bilan to`sgan ot jiddiy jarohat oldi. It uning bo`ynidan tishlagan edi. Otni veterinarga olib borib, yirtilgan jarohatini tiktirishga to`g`ri keldi. Uning egasi ham oyog`idagi jarohat tufayli kasalxonaga yotqizildi. Itni ushlashning iloji bo`lmadi.

    Boshqa yangiliklar