AsosiyDunyo

Yaponiyada kashandalarga cheklov qo`yiladi

'Yaponiyada kashandalarga cheklov qo`yiladi'ning rasmi

Yaponiya liberal-demokratik partiyasi (mamlakat hukmron partiyasi) tamaki mahsulotlarini iste`mol qilishni cheklovchi qonun loyihasini qabul qildi, deb yozadi “Izvestiya” nashri Kiodo axborot agentligi tarqatgan xabarga tayanib.

Hujjatga ko`ra, Yaponiyada maktablar, shifoxonalar va davlat tashkilotlari hududida chekish taqiqlanadi. Bar va restoranlarda izolyasiyalangan, havo aylanishi kuchli bo`lgan maxsus xonalarda chekishga ruxsat beriladi. Bu xonalarga egulik va ichimlarni olib kelish man etiladi.

Kichik muassasalar va sarmoyasi 465,8 ming dollardan kam bo`lmagan xususiy korxonalarda tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish mumkin. Bunday imtiyoz kichik korxonalarning yo`q bo`lib ketmasligini oldini olish uchun taqdim etilgan ekan.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur tartibni buzganlik uchun 2,8 ming dollar miqdorida jarima belgilangan.

    Boshqa yangiliklar