AsosiyJamiyat

Jarqo`rg`on tumanidagi YTHda to`rt kishi halok bo`ldi

'Jarqo`rg`on tumanidagi YTHda to`rt kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanida yo`l-transport hodisasida 4 yo`lovchi halok bo`ldi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarga ko`ra, hodisa 20 fevral kuni "Bishkek-Dushanbe-Termiz" M-41 yo`lining 1553-kilometrida sodir bo`lgan.

Surxondaryo viloyatining fuqaro T.Shamatov o`zining "Lasetti" rusumli avtomashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo`lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan. Natijada avtomashina haydovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Uning yo`lovchilari Z.Mardonova, D.Jo`raev, M.Abduxayirova hamda T.Eshmirzaevalar voqea joyida halok bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar