AsosiyDunyo

1 daqiqa ichida yarani bog`lab, bitkazadigan tibbiyot elim ixtiro qilindi (Video)

'1 daqiqa ichida yarani bog`lab, bitkazadigan tibbiyot elim ixtiro qilindi (Video)'ning rasmi

AQSh va Avstraliya olimlari yangi jarrohlik elimini ixtiro qilishdi, deya ma`lum qilmoqda Humanstory.ru nashri.

Bu elim jarohat, yaralarni 1 daqiqa ichida bandsiz, choksiz bitkazadi.

MeTro – protoelastin oqsillari molekulalari va nurga ta`sirchan molekulalarni birlashtirgan geldir. Ixtirodan ichki va tashqi organlardagi yarohatlarni bitirishda foydalanish mumkin.

Hozirda mazkur ixtiro jonivorlarda sinab ko`rildi. Gel kemiruvchilarning arteriya va o`pkalaridagi yaralarni muvaffaqiyatli tarzda tuzatgan. Olimlarning aytishicha, yaqin kelajakda bu gel odamlarda ham sinala boshlanadi.


Boshqa yangiliklar