Niderlandiya TIV rahbari Xalba Zeylstraning ma`lumot berishicha, so`nggi vaqtlarda Turkiya bilan muzokaralar munosabatlar normallashuviga umid bag`ishlagandek bo`lsa-da, ammo mamlakatlar kelishuvga bora olmagan, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy Anqara 2017 yilning mart oyidan buyon mamlakatga kirishga ruxsat bermay kelayotgan elchisini rasman chaqirib oldi.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning mart oyida Turkiya va Niderlandiya o`rtasida siyosiy tusga ega mojaro yuz berdi. Avvaliga Niderlandiya Turkiya TIV rahbarini "kutilmagan mehmon" deb e`lon qilgan bo`lsa, bunga javoban turklar tomonidan Anqaradagi Niderlandiya elchixonasi "tuxumbo`ron" qilingan edi.
Niderlandiya TIV rahbari Xalba Zeylstraning so`zlariga ko`ra, so`nggi vaqtlarda Turkiya bilan muzokaralar munosabatlar normallashuviga umid bag`ishlagandek bo`lsa-da, ammo mamlakatlar kelishuvga bora olmagan.
"Hukumat, 2017 yilning mart oyidan buyon mamlakatga kirish huquqidan mahrum etilgan elchisini Anqaradan rasman chaqirib olishga qaror qildi", — deyiladi xabarda.






