AsosiyDunyo

76 yoshli qariya har kuni nogiron nevarasini 24 km yo`l bosib maktabga olib boradi

'76 yoshli qariya har kuni nogiron nevarasini 24 km yo`l bosib maktabga olib boradi'ning rasmi

Xitoylik 76 yoshli qariya har kuni 9 yoshdagi nogiron nevarasini 24 km yo`l bosib, maktabga borishiga yordam beradi. Bola serebral falajlik bilan kasallangan. Onaning ko`rsatayotgan jasorati bilan kelajakda bola kerakli bilimni oladi.

Bolaning ota-onasi ajrashgan. Otasi boshqa shaharda yashaydi. Onasi esa boshqaga turmushga chiqib ketgan. Shuning uchun Xaovega buvisi qaraydi. U 3 yil davomida nevarasini tog`li yo`ldan velosipedda maktabga olib bordi. O`tgan yili esa hukumat tomonidan nogironlar aravachasi sovg`a qilindi.

Shi nevarasini tuzalishi uchun juda ko`p shifokorlarga murojaat qildi. Lekin hech qanday muolaja Xaovega yordam bermadi.

Buvisi kelajakda nevarasini mavaffaqiyatlarga erishishiga ishonchi komil. Og`ir kasallikka chalinganiga qaramay, bolaning aqli raso, xotirasi yaxshi va u juda matematika fanini yaxshi ko`radi. Faqatgina yil sayin bolani maktabga olib borish qiyinchilik to`g`dirayapti.

    Boshqa yangiliklar