Qozog`istonlik seysmologlar O`zbekiston hududida 4,7 magnitudali er silkinishini qayd etdi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Qozog`iston seysmik tajribaviy-uslubiy ekspedisiyasi ma`lumotlariga ko`ra, 5 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 06:56 da zilzila aniqlangan. Uning episentri Olmaotadan 576 km uzoqlikda O`zbekiston hududida joylashgan.
Zilzilaning energetik sinfi — 10,0. MPV magnitudasi — 4,7. Chuqurligi 20 km. Sezilarlilik darajasi (MSK-64 shkalasi bo`yicha) haqida ma`lumotlar yo`q.






