AsosiyDunyo

Moskva aeroportlarida yuzdan ziyod aviaqatnov kechiktirildi

'Moskva aeroportlarida yuzdan ziyod aviaqatnov kechiktirildi'ning rasmi

"Yandeks.Raspisanie" portali ma`lumotlariga asoslanib, bu haqda xabar berdi TASS.

Aviaqatnovlar jadvalidagi o`zgarishlarga Moskvadagi noqulay ob-havo sharoiti sabab bo`lgan.

Sinoptiklar dam olish kunlarida Rossiya poytaxtida kuchli qor yog`ishini xabar bergan edi.

Moskva vaqti bilan 22.01 da Sheremetevo aeroportida 76 ta, Domodedovo aeroportida 16 ta, Vnukovo aeroportida esa 17 ta aviaqatnov kechiktirilib, jami 16 reys bekor qilingan.

Eslatib ӯtamiz, bugun respublikamizda havo o`zgarib turadi. Navoiy, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg`ona, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va poytaxtimizda kunning birinchi yarmida qor yog`ishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi.

    Boshqa yangiliklar