Yangi jamoat fondining asosiy vazifasi og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo`lgan ayollarga moddiy yordam ko`rsatish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslariga ko`maklashish hisoblanadi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilmoqda.






