AsosiyJamiyat

Endi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 30 yoshgacha bo`lgan qizlarga beriladi

'Endi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 30 yoshgacha bo`lgan qizlarga beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan iqtidorli qizlarga Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga berilgan edi.

Endilikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini o`n to`rt yoshga to`lgan va o`ttiz yoshdan oshmagan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorga berish belgilandi.

Yangi tartibga muvofiq, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo`lgan o`quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga tegishli yo`nalish va ixtisoslik bo`yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar