Hindistonda boks bo`yicha kattalar o`rtasida o`tkazilgan “Indian Open” xalqaro turnirida O`zbekiston terma jamoasi a`zolari 5 oltin va 2 kumush medalni qo`lga kiritdi.
Musobaqada bugun kunning ikkinchi yarmida 52 kilogramm vazn toifasida ringga ko`tarilgan Xudoynazar Fayzov hindistonlik Anvar Salmonni mag`lubiyatga uchratib oltin medalni qo`lga kiritdi. Shuningdek, vazni 56 kilogrammgacha bo`lgan Abdulhay Shorahmatov mo`g`ilistonlik Amar Xarku ustidan zafar quchib, shohsupaning eng yuqori pog`onasidan joy oldi.
64 kilogramm vazinda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Iqboljon Xoldorov kubalik Jorj Moran Vinentga qarshi o`tgan bellashuvda imkoniyatni boy berib qo`ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Eslatib o`tamiz, musobaqaning kunduzgi birinchi bo`limida Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov Bobo-Usmon Boturov o`z vazn toifalarida oltin medalga ega chiqdi. Umidli bokschimiz Sanjar Tursunov esa ushbu bahslarda kumush medal sohibiga aylandi.






