AsosiyJamiyat

O`zbekiston qishloq joylarida uy qurish uchun Saudiya Arabistonidan 50 mln dollar oladi

'O`zbekiston qishloq joylarida uy qurish uchun Saudiya Arabistonidan 50 mln dollar oladi  'ning rasmi

O`zbekiston va Saudiya taraqqiyot fondi o`rtasida O`zbekiston qishloq joylarida uy-joylar qurish uchun 50 mln dollarlik zayom kelishuvi imzolandi. Bu haqda O`zbekiston Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qilindi.

Mazkur mablag` "Navoiy, Farg`ona va Toshkent viloyatlaridagi qishloq joylarida zamonaviy uy-joylar qurish" loyihasini amalga oshirish uchun yo`naltiriladi.

Hujjat O`zbekiston delegasiyasining Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tashrifi doirasida imzolangan.

Loyihaga ko`ra, respublikaning yuqorida aytib o`tilgan uchta viloyatidagi qishloq joylarida 2 mingdan ortiq namunaviy loyihadagi uylar quriladi.

Shuningdek, kelishuv doirasida suv, gaz, elektr ta`minoti, yo`l tarmoqlarini qurish orqali mavjud infrastruktura yaxshilanadi, ijtimoiy markaz va sport maydonchalari, maktab, tibbiyot muassasalari, savdo majmualari va avtobus bekatlari ham bunyod etiladi.



    Boshqa yangiliklar