AsosiyJamiyat

Notariusda to`lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etildi

'Notariusda to`lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etildi'ning rasmi

Notariuslar faoliyatiga e`tirozlar, fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablag`lari talab qilinayotgani haqidagi murojaatlardan kelib chiqib, Adliya vazirligi joriy yilning 1 fevralidan boshlab notarial harakatlarni amalga oshirish uchun davlat boji va boshqa to`lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etdi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" (@huquqiyaxborot) kanalida ma`lum qilindi.

Endilikda fuqarolar notarial harakatlarni amalga oshirish maqsadida notarial idoralarga murojaat etganda, davlat boji va boshqa to`lovlarni mobil telefonlar imkoniyatidan foydalangan holda to`lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Bu jarayonda QR kodlardan foydalanish imkoniyati ham mavjud.

Notarial harakatlar uchun qancha boj to`lanishi kompyuter tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi, to`lov kvitansiyalari alohida yozilmaydi, fuqarolarga qulay va tushunarli bo`lishi uchun yagona andozada to`lov kvitansiyasi joriy qilinadi.

To`lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat`iy nazar, bu haqdagi ma`lumot “Notarius” axborot tizimida onlayn tarzda aks etadi.

    Boshqa yangiliklar