Bugun, 1 fevral kuni Xitoy Taypeyida futzal bo`yicha Osiyo chempionati start oldi, deya xabar bermoqda Tribuna.uz.
Guruh bosqichining dastlabki o`yinida O`zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo`limning o`zidayoq O`zbekiston vakillari raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritishdi. Ikkinchi bo`limda esa Bahodir Ahmedov shogirdlari yana Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga yana 7ta gol kiritishdi. Raqib esa ikki marta javob qaytardi.
O`zbekistonlik futzalchilar keyingi turlarda Yaponiya va Tojikiston vakillariga qarshi o`ynaydi.
O`zbekiston - Janubiy Koreya - 13:2
Gollar: Artur Yunusov (3), Davron Choriev (7, 8, 13), Farhod Abdumavlonov (11), Ixtiyor Ropiev (16), Husniddin Nishonov (22), Dilmurod Shavkatov (22), Ilhomjon Hamroev (25), Dilshod Rahmatov (31), Anasxon Rahmatov (35), Mashrab Odilov (38), Davron Abdurahmonov (40) - Jang Yong Chol (25, 38).
O`zbekiston terma jamoasi (asosiy to`rtlik): Rustam Umarov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Rahmatov.
Zaxira: Akmal Xazratqulov, Ilhom Hamroev, Farhod Abdumavlonov, Ixtiyor Ropiev, Husniddin Nishonov, Dilmurod Shavkatov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Davron Choriev.
Janubiy Koreya (asosiy to`rtlik): Seo Jung Vu, Kim Min Kuk, Lim Yeong Seung, Jeong Su In, Jo Byung Geol.
Zaxira: Kim Jun Xo, Park Yung Jae, Park Xan Ul, Yu Sang Yun, Li Du Yong, Li Min Yong, Li An, Jang Yeong Cheol, Chun Jin Vu.






