2017 yilda Toshkent shahridagi maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar soni o`tgan yildagiga nisbatan 160 ming nafarga ko`paygan. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
2012-2017 yillarda Toshkent shahridagi maktabgacha ta`lim muassasalari soni 41 taga ko`payib, 546 taga etgan. 2012-2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko`rsatkichlarida qayd etilishicha, 2017 yilda yangi MTMlar tashkil etilmagan.
Joriy yilda 21 ta MTM ochilishi natijasida poytaxtda faoliyat ko`rsatayotgan bog`chalarning umumiy soni 567 taga etkaziladi. Ular 1 million 270 ming tarbiyalanuvchini qamrab olishi ko`zda tutilgan.






