AsosiyJamiyat

Seuldan Urganchga to`g`ridan-to`g`ri aviareys amalga oshirildi

'Seuldan Urganchga to`g`ridan-to`g`ri aviareys amalga oshirildi'ning rasmi

29 yanvar kuni «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi Seuldan Urganchga to`g`ridan-to`g`ri reysgt amalga oshirdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Koreyalik sayyohlar uchib kelgan mazkur reys Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Koreya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi ko`magida tashkil etildi.

O`zbekiston bo`ylab sayohat davomida mehmonlar Xorazm viloyatining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishlari, jumladan, Xiva shahrining ochiq muzeyiga borishlari, Xorazm taomlarini tatib ko`rishlari, xalq hunarmandlarining ajoyib ijod namunalari bilan tanishishlari mumkin.

Bugun, 31 yanvar kuni ular Urganchdan Buxoroga jo`nab ketishadi. U erda ular o`rta asrlar muhitiga tushib, jahonning mashhur «Sharq durdonasi» deb atalmish tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan tanishadilar. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan qo`shimcha reyslar ham yo`lga qo`yildi.

Koreyalik mehmonlarning O`zbekiston bo`ylab sayohati 2 fevralga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar