AsosiyDunyo

Saakashviliga kechasi sayr qilish taqiqlandi

'Saakashviliga kechasi sayr qilish taqiqlandi'ning rasmi

Kiev appelasiya sudi mamlakat Bosh prokuraturasining shikoyatini qoniqtirib, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga tungi soat 22.00 dan ertalabki soat 07.00 gacha bo`lgan oraliqqa uy qamog`ini tayinladi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bosh prokuratura o`tgan yilning dekabr oyida ozodlikda yurgan siyosatchini qamoqq olishni talab qilgan Kievning Pecher tuman sudining qarorini bekor qildi.

Saakashvili bu ish uning mamlakat bo`ylab erkin harakat qilmasligi, Ukraina telekanallarining kechki efirida ko`rinmasligi uchun o`ylab topilgan, deb hisoblamoqda. U Lvov va Vinnisa shaharlariga borish rejasi bo`lganligini ta`kidladi.

Saakashvili 8 dekabr kuni davlat to`ntarishini tashkil etishda ayblanib, qo`lga olingan, ammo oradan uch kun o`tgach, qo`yib yuborilgan edi. Prokuratura siyosatchini qamoqqa olish haqida iltimosnoma kiritgan, biroq sud uning xalq deputatligini inobatga olib, ozodlikda qoldirgan edi.

    Boshqa yangiliklar