AsosiyDunyo

Trampning rafiqasi erining xiyonatiga qanday munosabatda ekanligi ma`lum bo`ldi

'Trampning rafiqasi erining xiyonatiga qanday munosabatda ekanligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp oilasi, erining xiyonati haqidagi mish-mishlarga e`tibor qaratmasligini birinchi xonimning vakilasi hisoblanuvchi Stefani Grishem o`zining Tvitter sahifasida ma`lum qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri

“U oilasi va birinchi xonimlik vazifasi bilan band. Har kuni yangiliklarda ma`lum qilinadigan yolg`on xabarlarga umuman e`tibor qaratmaydi”, deb yozdi Stefani Grishem.

Yanvar oyining o`rtalarida The Wall Street Journal (WSJ) nashri Oq uy rahbari Drnald Tramp aktrisa Stefani Klifford bilan ishqiy munosabatda bo`lganligini, aktrisa bu haqda og`zidan gullab qo`ymasligi uchun unga 130 ming dollar to`laganligi haqidagi xabarni chop etgan edi.

    Boshqa yangiliklar