O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi hamda "O`zbekkonsert" davlat muassasasi yangi — “Zuvola” asil qo`shiqlar milliy tanlovini e`lon qildi...
Tanlovga ma`naviyatimizga zid bo`lmagan mavzu va janrdagi professional qo`shiqlar, audioyozuv shaklida joriy yilning 15 fevraligacha qabul qilinadi. Tanlov natijalariga ko`ra, top-20 qatoridan o`rin olgan sara qo`shiqlarning har biri uchun 20 million so`mdan pul mukofoti tayinlangan. Yaxshi, deb topilgan 30ta qo`shiqning har biri uchun esa 3 million so`m rag`batlantiruvchi mukofot sifatida belgiladi. Tanlovdan o`tgan qo`shiqlar tele va radiokanallar orqali bepul efirga uzatilishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, saralab olingan qo`shiqlar asosida "Istiqlol" san`at saroyida katta gala-konsert namoyish etilishi ham rejalashtirilmoqda.
Tanlov g`oliblari Navro`z bayrami arafasida OAVda e`lon qilinadi va mukofotlanadilar.
Ijodiy ishlar Telegramdagi +998998232020 raqamiga mp3 formatida yuborilishlari kerak. Qo`shiq ijrochisi va telefon raqam ilova qilinishi shart.






