AsosiyDunyo

Mushuk yo`qolgan bolani sovuqdan asradi

'Mushuk yo`qolgan bolani sovuqdan asradi'ning rasmi

Rossiyaning Kaliningrad viloyati Krasnoznamensk tumanida joylashgan tashlandiq omborxonada tunagan bolani mushuk sovuqdan asradi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Yo`qolishdan ilgari 13 yoshli Ruslan P.ni so`nggi marotaba 25 yanvar kuni maktabda ko`rishgan. U 26 yanvar kuni topildi.

Bolaning polisiyaga ma`lumot berishicha, u bir necha kundan keyin 14 yoshga to`lishi kerak bo`lgan. Ertalab Ruslan maktabga borishning o`rniga rasmga tushish va tezroq pasport olish maqsadida tuman markazida yashovchi buvisinikiga yo`l olgan. Biroq buvisining uyda yo`qligini ko`rib, piyoda ortiga qaytgan.

Qorong`i tushganda bola yo`lda uchragan tashlandiq omborxonaga ko`zi tushib, shu erda tunashga qaror qildi. Bu erda u daydi mushukni uchratdi. Mushuk uni kechasi bilan isitib, sovuqdan asradi.

Ruslan mushukning yaxshiligini qaytarish uchun, uni o`zi bilan uyiga olib ketdi. Bir sutka davomida Ruslanni qidirgan polisiyachilar ertasi kuni uni mushuk ko`targan holda yo`lda uchratishdi. Bola mushukka “Qutqaruvchi”, degan laqab qo`yib, jonivorni asrab oldi.

    Boshqa yangiliklar