AsosiyDunyo

Qobulda sodir etilgan teraktda 95 kishi qurbon bo`ldi (Video)

'Qobulda sodir etilgan teraktda 95 kishi qurbon bo`ldi (Video)'ning rasmi

Xudkush terrorchi portlovchi moddalar bilan to`ldirilgan tez yordam mashinasini odam gavjum joyda portlatib yubordi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Kecha, 27 yanvar kuni Qobulning diplomatik vakolatxonalar joylashgan tumanida kuchli portlash yuz berdi.

Terakt xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. U ichida portlovchi moddalar bilan to`ldirilgan tez yordam mashinasini odam gavjum joyda portlatib yuborgan.

Portlashda 95 kishi qurbon bo`ldi, 160 ga yaqin kishi jarohatlandi. Qurbonlarning aksariyati oddiy fuqarolar. Jarohatlanganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Jarohatlanganlarning ko`pchilligi og`ir ahovolda.

Qobul tezkor yordam ko`rsatish shifoxonasida o`rinlar etishmagani tufayli jarohatlanganlar kasalxona oldidagi maydonda joylashtirilgan.

Telekanal xabariga ko`ra, ushbu portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” terrorchilar guruhi o`z zimmasiga olgan.

Eslatib o`tamiz, bundan bir hafta oldin Qobuldagi Intercontinental mehmonxonasiga hujum uyushtirilgan va unda 43 kishi qurbon bo`lgan edi.







    Boshqa yangiliklar