Respublikamiz sement ishlab chiqaruvchi korxonalari, xususan, “Qizilqumsement” AJ va “Bekobodsement” AJ sementning 1 tonnasini 500 ming so`mgacha bo`lgan narxlarda (430-490 so`m/tn sotilish joyidan kelib chiqqan holda) aholi uchun sotishni tashkillashtirmoqdalar.
Hozirgi kunda respublikaning barcha yirik shahar va tumanlarida aholiga sement mahsulotini sotish savdo joylari tashkil etilmoqda. Bu haqda “O`zqurilishmateriallari” AJ Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar respublika bozorlarida spekulyativ tarzda narxlarga aralashuvga chek qo`yish maqsadida hamda mamlakatimiz aholisini arzon narxlarda sifatli sement mahsuloti bilan ta`minlashga qaratilgan.






