AsosiyDunyo

Tinch okeanida 50 nafar yo`lovchisi bo`lgan parom yo`qoldi

'Tinch okeanida 50 nafar yo`lovchisi bo`lgan parom yo`qoldi'ning rasmi

Kiribati va Yangi Zelandiya qutqaruv xizmati Tinch okeanida bedarak yo`qolgan paromni izlash moqda, deya xabar berdi News.day.az nashri.

Paromda 50 nafar yo`lovchi bo`lgan. Parom Nonuti orolidan yo`lga chiqib, Kiribati poytaxti Janubiy Taravaga ikki kundan so`ng etib kelishi kerak edi. Kema yo`qolgach esa mahalliy qutqaruvchilar izlash va qutqarish ishlarini darhol boshlab yuborishgan. Ko`p o`tmay qutqaruv ishlariga Yangi Zelandiya qutqaruvchilari ham qo`shildi.

Garchi kema yuqori chastotali radio bilan jihozlangan bo`lsa-da, yoqilg`i hamda yo`lovchilar uchun oziq-ovqat zaxirasi etarlimikin, degan xavotir yo`q emas.

    Boshqa yangiliklar