AsosiyJamiyat

«O`zbekiston havo yo`llari» Bishkekka aviachiptalar narxini pasaytirdi

'«O`zbekiston havo yo`llari» Bishkekka aviachiptalar narxini pasaytirdi'ning rasmi

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Bishkek-Toshkent yo`nalishi bo`yicha tabaqalashtirilgan tariflarni kiritdi va aviachiptalar narxini pasaytirdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bergan.

10 yanvardan boshlab yo`lovchilar Qirg`izistonga aviachiptalarni O/S/U/L klasslariga yangi uch oylik tariflar bo`yicha sotib olishlari mumkin.

Aviachiptaning minimal narxi bir tomonga 91 evroni, borish va qaytish narxi esa 171 evroni tashkil qiladi. To`lov O`zbekiston Respublikasi MBning to`lov kunidagi kursi bo`yicha amalga oshiriladi. Chiptalarni aviakassalarda va aviakompaniya sayti orqali xarid qilish mumkin.

«O`zbekiston havo yo`llari» Toshkent-Bishkek-Toshkent qatnovlarini zamonaviy A320 havo kemalarida haftasiga ikki marta: seshanba va payshanba kunlari bajaradi.

Parvozlar jadvali (mahalliy vaqtda):

seshanba kuni Toshkentdan uchish 18:05, Bishkekka etib borish 20:20;
chorshanba kuni Bishkekdan uchish 06:45, Toshkentga etib kelish 07:05;
payshanba kuni Toshkentdan uchish 06:15, Bishkekka etib borish 08:30;
payshanba kuni Bishkekdan uchish 18:40, Toshkentga etib kelish 19:00.

    Boshqa yangiliklar