Qarshi-Termiz temir yo`l uchastkasini elektrlashtirish ishlari yakuniga etdi, deb xabar qiladi "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati.
Umumiy uzunligi 325 kilometrdan iborat mazkur liniyada endilikda dizel yoqilg`isi bilan harakatlanuvchi teplovozlar o`rniga zamonaviy elektrovozlar qatnaydi.
Loyihaning umumiy qiymati 327,6 mln AQSh dollarga teng. Uning doirasida 6 ta - Toshguzar, Dexqonobod, Oqrabot, Boysun, Qumqurg`on, №165-raz`ezd tayanch nimstansiyalari qurildi. Shuningdek, qurilish va kontakt simlariga xizmat ko`rsatish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Termiz lokomotiv deposi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy uskunalar bilan ta`minlandi.






