Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rostov-Donda O`zbekiston Respublikasi Bosh konsulligini ochish to`g`risidagi farmoyishni imzoladi.
Hujjat matni Rossiya hukumati matbuot xizmati tomonidan e`lon qilindi.
Ushbu farmoyish O`zbekiston fuqarolari, jumladan, mehnat migrantlariga konsullik xizmati ko`rsatishda tezkorlik va sifatning oshishiga turtki beradi, deyiladi manbada.
Farmoyishga ko`ra, bu Bosh konsullikning konsullik okrugiga Janubiy va Shimoliy-Kavkaz federal okruglari tarkibidagi Federasiya sub`ektlari kiradi.





