AsosiyJamiyat

UCh OPA-SINGILLARNING O`LIMI BO`YIChA DASTLABKI EKSPERTIZA XULOSASI MA`LUM QILINDI

'UCh OPA-SINGILLARNING O`LIMI BO`YIChA DASTLABKI EKSPERTIZA XULOSASI MA`LUM QILINDI'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBning 9 dekabr, shanba kuni bo`lib o`tgan matbuot brifingida shahar prokuraturasi bo`lim boshlig`i Bobir Dehqonov Toshkentda bir xonadonning uch qizi ketma-ket vafot etgani yuzasidan ma`lumot berdi.

Prokuratura vakilining so`zlariga ko`ra, Toshkent shahar Olmazor tumani Tansiqboev mavzesidagi xonadonning uch qizi birdan vafot etgani yuzasidan dastlabki ekspertiza xulosasi olingan. Unga ko`ra, opa-singil Qosimovalar o`limi gipotenziv dori vositasidan o`tkir zaharlanishi natijasida organizmning umumiy inteksikasiyasi, o`tkir yurak-qon tomir etishmovchiligidan yuz bergan.

“Tergov harakatlari davomida qizlar yashagan xonadondan dori vositalari, ular iste`mol qilgan mahsulotlar ekspertiza tekshiruviga berilgan. 8 noyabr kuni ushbu jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lsa, 16 noyabrda tergov organi tomonidan dastlabki ekspertiza xulosasi olingan. Hozirda tergov to`liq yakunlanmagan. Ekspertiza xulosasi ilmiy asoslanmagan. Shu sababli yana qo`shimcha kompleks ekspertiza tayinlangan. Bunda qizlar yashagan xonadondan hamda dorixonadan xarid qilingan 14 xil dori vositalari tekshiruvga olingan”- dedi B.Dehqonov.

Qizlarning o`limi sababi yakuniy kompleks ekspertiza xulosasidan so`ng ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar