AsosiySUG'DIYONA

«SUVPARISI» TAOMI

'«SUVPARISI» TAOMI'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 1 ta o`rtacha kattalikdagi sudak balig`i (400 gr.), 75 gr. konservalangan yashil no`xat, 2 bosh piyoz, 1 dona sabzi, yarimta limon, limon sharbati, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, ziravorlar, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Sudak balig`ini yaxshilab tozalab, yuvib, qog`oz sochiqcha bilan artib oling-da, limon sharbati sepib, tuz, murch va ziravorlarni surtib chiqing. 20-30 daqiqa qoldiring.

2. Bitta piyozni yirikroq qilib to`g`rab, yarimta sabzini qirg`ichdan o`tkazing. Konservalangan no`xat bilan aralashtirib, tuz, qora murch seping. Aralashmadan sudak balig`i ichiga soling.

2. Gaz patnisiga zar qog`oz (folga)ni yoying. Qolgan bir bosh piyoz va sabzini aylana shaklda to`g`rab soling. Yashil no`xatli aralmashamaning qolganini ham soling. Tuz, murch sepib, sudak balig`ini sabzavotlar ustiga joylashtiring. O`simlik yog`ini quying. Baliq go`shti ustiga aylana shaklda to`g`ralgan limon bo`laklarini terib chiqing-da, zar qog`ozni yopib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1,5 soatga qo`ying. Pishishiga 5 daqiqa qolganda zar qog`ozni oching.

2 soat

4 kishilik

Manba: “SUG‘DIYONA”

Boshqa yangiliklar