AsosiyJamiyat

BEBAHO QO`LYoZMA NUSXALARI QAERDA SAQLANGAN EDI?

'BEBAHO QO`LYoZMA NUSXALARI QAERDA SAQLANGAN EDI?'ning rasmi

Ayni paytda Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi doirasida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori”mavzusida Xalqaro media-forumi davom etmoqda.

Ma`lumot o`rnida qayd etish kerakki, mazkur loyihani amalga oshirishda jahonning 80 dan ortiq muzeylari bilan tadqiqotlar ishlari olib borilgan. Loyiha rahbari va muallifi Firdavs Abduxoliqovning so`zlariga ko`ra hali o`rganilmagan va aniqlanmagan bir qator eksponatlar mavjud.

Eslatib o`tamiz, tadbir doirasida asl nusxalari Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti hamda Fransiya milliy kutubxonasida saqlangan, o`ziga xos texnologiyalar asosida, qo`l mehnatidan foydalangan holda, maxsus qog`oz va haqiqiy oltindan tayyorlangan bebaho qadimiy qo`lyozmalarning faksimile nusxalari O`zbekiston hukumatiga tantanali ravishda topshirildi.

    Boshqa yangiliklar