Zarur masalliqlar: shokoladli xamir uchun: 140 gr. qora shokolad, 50 grammdan shakar va sariyog`, 30 gr. un, 1 dona tuxum; oddiy xamir uchun: 120 grammdan sariyog` va un, 100 gr. shakar, 40 ml. sut, 2 dona tuxum, 2 gr. xamiryumshatgich.
Tayyorlanishi: 1. Shokoladni suv bug`ida eritib, sariyog` qo`shib, yaxshilab aralashtiring.
2. Tuxumni shakar bilan ko`pirtiring Ko`pirtirishda davom etib, shokoladli aralashma va unni soling. Keks qolipiga pishiriq qog`ozini joylang va xamirni soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10 daqiqaga qo`ying.
3. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ni shakar bilan ko`pirtiring. Tuxum qo`shib, ko`pirtirishda davom eting. Keyin un, sut va xamiryumshatgichni qo`shing.
4. Shokoladli keks ustidan xamirni quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga qo`ying. Pishgach, yuziga qand upasi sepasiz.
1 soat
5 kishilik






