AsosiySUG'DIYONA

ZAR QOG`OZNING MO``JIZALARI

'ZAR QOG`OZNING MO``JIZALARI 'ning rasmi

1. Pirog o`rtasi qizarishga ulgurmay turib chetlari qizarib pishib ketishining oldini olish uchun pirog chetlarini zar qog`oz (folga) bilan yopib chiqing.

2. Qo`l ostingizda qandolat qopchasi yo`q bo`lsa, tashvishlanmang, zar qog`ozni qandolat qopchasi ko`rinishida o`rab oling-da, tortni bezatavering.

3. Kumush buyumlar va taqinchoqlar qoraymasligi uchun ularni zar qog`ozga o`ragan holda saqlang.

4. Ko`pincha toblamalar qilinganda gaz pechiga ozgina bo`lsa ham quyuq aralashmadan oqib ketadi, buning oldini olish uchun gaz pechi panjarasiga ikki qavat qilib qog`ozdan to`shab qo`ying. Yodingizda bo`lsin, qog`ozni gaz pechi tagiga to`shamang, yonib ketishi mumkin.

5. Qozon va tovalarni yuvadigan dag`al gubka iste`molga yaroqsiz bo`lib qolgan bo`lsa, qog`ozni bir necha qavat qilib buklab, gubka o`rnida foydalaning.

6. Kiyimlarni dazmollash tez va oson bo`lishi uchun dazmol doskasi tagiga zar qog`ozdan to`shab qo`ying. Shunda dazmoldagi issiqlik dazmol doskasiga o`tib ketib, ishingiz cho`zilmaydi. Chunki qog`oz issiqlikni aksincha orqaga, ya`ni kiyimga qaytaradi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Boshqa yangiliklar