AsosiyJamiyat

82 TADBIRKOR QIZ TIJORAT BANKLARINING SERTIFIKATLARI BILAN TAQDIRLANDI

82 TADBIRKOR QIZ TIJORAT BANKLARINING SERTIFIKATLARI BILAN TAQDIRLANDI

Buvayda tumani qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejini bitirgan Dilfuza Asrorovaning asalarichilik ishini boshlashga oid g`oyasi O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan "Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2017" ko`rik-tanlovida g`olib, deb topildi.

O`zbek Milliy akademik drama teatrida mazkur ko`rik-tanlov g`oliblarini taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. "Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi" ko`rik-tanlovining final bosqichida loyihalar qishloq xo`jaligi, servis, ishlab chiqarish yo`nalishlarida saralandi. Biznes-loyihasi eng yaxshi deb topilgan 82 tadbirkor qiz maxsus diplom, tijorat banklarining sertifikatlari va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar