AYIRBOShLASh ShOXOBChALARIDA PLASTIK KARTOChKALARDAN XORIJIY VALYuTA SOTIB OLISh BOShLANDI
Yakka tartibdagi tadbirkorlar o`z hisob raqamlaridan xorijiy valyuta sotib olish huquqiga ega bo`ldi. Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida plastik kartochkalardan xorijiy valyuta sotib olish boshlandi. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar bermoqda.
O`zbekiston Markaziy banki jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartiblari to`g`risidagi nizomni tasdiqladi.
Hujjatga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan turib tijorat banklarining konversion bo`limlarida o`z hisob raqamlaridan xorijiy valyutani sotib olish huquqiga ega bo`ldi.
Banklarning ayirboshlash punktlari xorijiy valyutani nafaqat naqd pul ko`rinishida, balki xalqaro plastik kartalardan ham xarid qiladi. Agarda ayriboshlanayotgan mablag` eng kam oylik ish haqining 500 barobari yoki undan ko`p miqdorda bo`lsa, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (norezidentlar uchun — pasport) talab qilinadi va hujjat nusxasi olib qolinadi.






