Murojaatlarni o`rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishda tashkilot va muassasalar «Ishonch» telefonlarining ahamiyati katta bo`lmoqda.
Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi va hududiy davlat soliq inspeksiyalariga fuqarolardan turli mazmundagi qariyb 300 ga yaqin murojaat kelib tushgan.
Fuqarolar murojaati asosida Sherobod tumanidagi «Surxon Agro Kimyo ta`minot» MChJga qarashli mineral o`g`itlar sotish savdo shoxobchasida o`tkazilgan qisqa muddatli tekshirish davomida xaridorga 7 ming so`mlik xarid uchun bank plastik kartochkasi orqali savdo qilish rad etilganligi va 35 ming so`mlik naqd savdo puli nazorat kassa mashinasidan o`tkazilmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari, kirim hujjatlari bo`lmagan 1 turdagi 5 million 940 ming so`mlik 5280 kg karbamid mineral o`g`iti mahsuloti daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi. Ushbu holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.






