AsosiyJamiyat

TOShKENT METROPOLITENI 40 YoShDA

'TOShKENT METROPOLITENI 40 YoShDA'ning rasmi

TOShKENT METROPOLITENI 40 YoShDA

“Xalq so`zi” nashining xabar berishicha, bundan qirq yil muqaddam, ya`ni 1977 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida metropoliten ishga tushgan edi. Bevosita Sharof Rashidov tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur tarnsport liniyasida bugungi kunda ham yo`lovchilarga sifatli xizmat ko`rsatilib kelinmoqda.

Toshkent metropoliteni utcha — "Chilonzor", "O`zbekiston" va "Yunusobod" yo`nalishalirdan iborat. Poezdlarning o`rtacha tezligi soatiga 39, maksimal tezligi soatiga 65 kilometrni tashkil etadi. Toshkent metropolitenida kuniga o`rtacha hisobda 160—180 ming yo`lovchi o`z manziliga etkazib qo`yiladi. Ularga qulaylik yaratish maqsadida ba`zi bekatlarga eskalatorlar o`rnatilgan. Har bir bekatning badiiy memorlik hamda haykaltaroshlik nuqtai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks ettiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy san`atning milliy an`analari o`zifodasini topgan.

9 balli zilzilaga bardosh beruvchi metropolitenning umumiy uzunligi 39 kilometr, bekatlar soni 29 ta. 2015 yildan boshlab metroda tashqi va ichki ko`rinishi yangicha dizayndagi vagonlar harakatlana boshladi.

Ayni paytda esa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan aholining talab va ehtiyojlari, poytaxtimizning kelgusi rivojlanishi inobatga olinib, Toshkent shahrida er usti xalqa metro liniyasini barpo etish bo`yicha ishlari izchil davom ettirilmoqda. Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yo`nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o`tkaziladi, 1,6 kilometri esa er ustida quriladi.

2017-2021 yillarga mo`ljallangan loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining "Do`stlik" bekatidan Qo`yliq bozorigacha bo`lgan qismi quriladi. Uzunligi 11 kilometr bo`lgan ushbu qismda sakkizta bekat bunyod etilishi mo`ljallanmoqda. Ikkinchi bosqich Qo`yliq bozori bilan "Olmazor" bekatini bog`laydi. Uchinchi bosqichda "Olmazor"dan "Beruniy" bekatigacha bo`lgan qism barpo etiladi. Keyingi bosqichda inshoot "Beruniy"dan "Bodomzor" bekatigacha quriladi, so`nggi bosqichda "Do`stlik" bekatiga ulanadi.

Qurilish “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko`prikqurilishtresti” unitar korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar