AsosiySUG'DIYONA

HOMILA NEGA TUShADI?

'HOMILA NEGA TUShADI?'ning rasmi

Homiladorligimning uchinchi oyiga etib-etmay bolam tushaveradi. Bunga sabab nima?

Savolga Toshent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasining oliy toifali akusher-ginekologi Mohira Eshqobilova javob beradi:

— Ba`zan homiladorlikning dastlabki oylarida bola tushishi jinsiy a`zolarning yaxshi rivojlanmaganligiga, endokrin bezlar (yoki tuxumdonlar) faoliyati buzilganiga bog`liq bo`lishi mumkin.

Ayol jinsiy a`zolari etarlicha rivojlanmagan (infantil) hollarda bachadon bo`shlig`i juda tor, mushaklari zaif bo`ladi va u etarli darajada cho`zilmaydi. Infantil ayollarda tuxumdonning gormonal etishmovchiligi, ya`ni sariq tana progesteron va estorogenlarni etarli miqdorda ishlab chiqarmagani tufayli homilaning oziqlanishi buziladi, unga kislorod etishmaydi.

Bachadon mushaklari esa vaqtidan oldin taranglashib, homilaning bachadon devoridan ko`chishiga va tushishiga olib borishi mumkin.

MANBA: “SUG`DIYoNA” GAZETASI

Boshqa yangiliklar