Choyshab va yostiq jildlari uchun eng yaxshi tabiiy kondisioner sirka yoki limon kislotasi hisoblanadi. Kir yuvadigan mashinangizning kondisioner soladigan bo`linmasiga 1-2 osh qoshiq rangsiz tabiiy sirka yoki 1-2 choy qoshiq limon kislotasi solish mumkin. Choyshablaringizdan yoqimli ifor kelib turishini xohlasangiz, ikki tomchi efir moyi qo`shsangiz bo`ladi. Bu tabiiy vosita yuvilgan buyumlaringizni yumshoq qiladi. Shu bilan birga, kir yuvish mashinasida yig`ilib qoladigan qasmoqlarni tushirishga ham yordam beradi. O`ta kirlanib ketgan kiyimlarni yuvayotganingizda suvga 50 ml sirka qo`shib, ivitib qo`yishingiz yoki kir mashinada bo`lsa, «predvaritelnoe zamachivanie» bosqichida qo`shishingiz mumkin.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






